ONOPORDUM ACANTHIUM L. NING TARQALISHI VA TABIIY ZAXIRALARI HAMDA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Main Article Content
Abstract
Onopordum acanthium (Tatarnik) - shifobaxsh o‘simlik, Asteraceae Bercht. & J.Presl. oilasiga mansub bo‘lib, u odam salomatligiga turli kasalliklarni davolashda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning dorivorlik xususiyatlari, biologik faol moddalarning kasalliklarga qarshi ta’siri, shuningdek, o‘simlikning ekologik xossalari va tarqalishining geografik xususiyatlari haqidagi tadqiqotlar mutaxassislar uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Onopordum acanthiumning O‘zbekistondagi tarqalishi, biologik zahiralari va uning madaniylashtirishga bo‘lgan talablar tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, ushbu o‘simlikning farmatsevtika sanoatidagi ahamiyati va uning kelgusidagi ishlatish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Article Details

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NoDerivatives 4.0 International License.